Bugun 25 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Moskva va Vashington o‘rtasiga Vitkoff tushgan

Moskva va Vashington o‘rtasiga Vitkoff tushgan

AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Vitkoff shu hafta Moskvaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda jurnalistlarga Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

"Ha", deb tasdiqladi Ushakov tegishli savolga javob berib.

Eslatib o‘tamiz, Vitkoff Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan kamida uch marta uchrashgan (11-fevral va 13-mart kunlari Moskvada va 11-aprelda Sankt-Peterburgda). Vakil shuningdek, Ukraina kelishuviga doir boshqa uchrashuvlarda, jumladan Parijda ham ishtirok etgan.

Ayni paytda AQSh Davlat departamenti Rossiyaning Ukraina bilan muzokaralarga tayyorligini ijobiy baholadi. Fox Business telekanalida AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryus "bu juda yaxshi belgi", dedi.

Kiritildi: 22:10 22.04.2025. O'qildi: 1225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!