Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Moskva va Pekin ilm-fan va texnologiya sohasida hamkorlik qilishi mumkin

Moskva va Pekin ilm-fan va texnologiya sohasida hamkorlik qilishi mumkin

Rossiya va Xitoy bugungi kunda ilg‘or G‘arb texnologiyalaridan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar, bunday sharoitda ular ilmiy-texnikaviy sohada faol hamkorlik qilishlari mumkin.

Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesiga bergan intervyusida Rossiyaning Xitoydagi elchisi Igor Morgulov aytib o‘tdi.

“Mamlakatlarimizning ilg‘or G‘arb texnologiyalaridan foydalanishi bugungi kunda qiyin. Bunday sharoitda Rossiya va Xitoy bu sohada, jumladan, bilim va texnologiyalar almashinuvi, qo‘shma ishlanmalarni ilgari surish bo‘yicha faol hamkorlik qilishi mumkindek ko‘rinadi”, — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Morgulov Xitoyning rivojlanishi Moskva va Pekin o‘rtasidagi sarmoyaviy sheriklik uchun yaxshi imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi.

U, shuningdek, "Xitoyning iqtisodiy o‘sishi bizning ilmiy va texnologik o‘zaro hamkorligimiz uchun yaratadigan imkoniyatlar"ga e’tibor qaratdi.

Kiritildi: 16:55 04.03.2023. O'qildi: 1635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!