Vladimir Medinskiy Istanbuldagi Rossiya-Ukraina muzokaralaridan so‘ng jurnalistlar oldida chiqish qildi. Uning nutqidan asosiy iqtiboslar:
◾️ Uchrashuvda 2 iyun kuni almashilgan memorandumlarni muhokama qildik. Tomonlarning pozisiyalari bir-biridan ancha uzoq;
◾️ Kiyev taklif qilganidek ikki davlat prezidentlari uchrashuvida tinchlik bitimi muhokama qilinmasligi, balki imzolanishi kerak. Bunday uchrashuv juda puxta tayyorgarlikni talab qiladi;
◾️ Yaqin orada har ikki tomondan yana kamida 1200 nafardan harbiy asirlarni almashish bo‘yicha kelishuv mavjud;
◾️ Tinch aholini qaytarish masalasi ham muhokama qilindi;
◾️ Biz yana bir bor Ukraina tomoniga biz uchun juda muhim bo‘lgan masalani ko‘rib chiqishni taklif qildik. Front chizig‘i bo‘ylab, ya’ni to‘qnashuv chizig‘ida, 24–48 soatlik qisqa muddatli o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etish — bu sanitariya guruhlariga yaradorlar va jasadlarni olib chiqib ketish imkonini berishi uchun zarur. Hozir front chizig‘ida FPV dronlarining doimiy ustunligi tufayli sanitariya guruhlari yaradorlarni hududdan olib chiqishda juda katta xavfga duch kelmoqda.