RT manbalariga ko‘ra, navbatdagi almashuvda Rossiya Ukrainaga 501 nafar harbiy xizmatchining jasadini topshirgan.
Evaziga esa halok bo‘lgan 31 nafar rossiyalik jangchining jasadini qabul qilib olingan.
"Hozirgina navbatdagi jasad almashinuvi yakunlandi. Biz Ukrainaga 501 ta jasadni berdik. 31 ta jasad vatanga qaytarildi," - deb yozdi "Komsomolskaya pravda" gazetasining harbiy muxbiri Aleksandr Kots "Maks"da.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta davlatlar joriy yilning aprel oyi boshida halok bo‘lgan harbiylarning jasadlarini almashgan edi. O‘shanda ayirboshlash 1000 ga 41 formulasi bo‘yicha amalga oshirilgan.