Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Moskva va Kiyev “146 ga 146” formulasi asosida asirlar almashinuvini amalga oshirdi — Rossiya Mudofaa vazirligi

Moskva va Kiyev “146 ga 146” formulasi asosida asirlar almashinuvini amalga oshirdi — Rossiya Mudofaa vazirligi

Rossiya harbiy idorasi bayonotida ma’lum qilinishicha, 146 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi qaytarilgan, evaziga 146 nafar Ukraina Qurolli kuchlari harbiysi topshirilgan. Bundan tashqari, Kursk viloyatining 8 nafar fuqarosi ham Rossiyaga qaytarilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, navbatdagi harbiy asirlar almashinuvi Birlashgan Arab Amirliklari vositachiligida amalga oshirilgan.

Ukraina rasmiylari bu xabarga hozircha izoh bergani yo‘q.

Kiritildi: 18:24 24.08.2025. O'qildi: 462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!