Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Moskva va Berlin o‘rtasidagi keskinlik. Rossiya elchisi chaqirildi

A A A
Moskva va Berlin o‘rtasidagi keskinlik. Rossiya elchisi chaqirildi

Rossiyaning Germaniyadagi elchisi Sergey Nechayev Germaniyaning ARD ijtimoiy-huquqiy telekanali xodimlarining Rossiyadan chiqarib yuborilishi munosabati bilan Germaniya tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Bu haqda 28 noyabr, payshanba kuni AFP xabar berdi.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ARD jurnalistlarining Rossiyadan chiqarib yuborilishini «maqbul emas» deb atadi va Rossiya tomoni buning uchun foydalangan asos «shunchaki noto‘g‘ri va yolg‘on,» deb yozadi AFP. Nashrga ko‘ra, Berbok Moskvani «yolg‘on da’volardan foydalangan holda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishda» aybladi.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova 27 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Germaniyaning ARD telekanali xodimlari Frank Ayshmann va Sven Feller Rossiyada ishlash uchun akkreditasiyadan mahrum etilgani va mamlakatdan chiqarib yuborilgani haqida ma’lum qildi.

Kiritildi: 23:23 28.11.2024. O'qildi: 5347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!