Moskva va AQSh o‘rtasidagi aloqalar Kiyevning tahdidlari fonida faollashdi – Yuriy Ushakov.
Rossiya prezidenti yordamchisining ma’lum qilishicha, Moskva va Vashington o‘rtasidagi aloqalar "Kiyevning Moskvadagi paradga nisbatan tahdidlari va Rossiyaning bunga javob qaytarish haqidagi ogohlantirishi fonida" faollashgan.
"Rossiya Kiyevning tahdidlari oqibatlari haqida aniq e’lon qildi va xorijiy davlatlarning aksariyati bunga tushunish bilan qaradi. Natijada sulh bo‘yicha kelishuvga erishildi", — dedi Ushakov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina parad jarayonida hujum qilmagani sababli, Moskva ham Kiyevga zarba bermadi.