Volodimir Zelenskiy: Moskva muzokaralarga emas, balki urushni davom ettirishga tayyorlanmoqda.
Ukraina prezidenti bu haqda o‘zining kechki murojaatida ma’lum qildi.
"Rossiya harbiylari sonini 100 ming nafarga oshiryapti, yangi diviziyalar tuzyapti va qurol ishlab chiqarishni ko‘paytiryapti. Bu Moskvaning muzokaralarni istamasligini isbotlaydi", — deya ta’kidladi Zelenskiy.
Rossiya bir necha bor Ukraina bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini bildirgan, biroq buning uchun Zelenskiyning Putin bilan muzokaralarni taqiqlovchi farmonini bekor qilishni talab qilgan.