Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Moskva sudi Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudi rahbari o‘rinbosarini sirtdan hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqardi

Moskva sudi Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudi rahbari o‘rinbosarini sirtdan hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqardi

“Mediazona”ning yozishicha, gap XJS sudyasi Reyn Alapini-Gansuning sirtdan hibsga olinishi to‘g‘risidagi qaror haqida ketmoqda. Moskva sudi tomonidan XJS raisi o‘rinbosariga nisbatan "noqonuniy hibsga olish" bo‘yicha ish ochilgan.

Reyn Alapini-Gansu Janubiy Osetiyaning Rossiya-Gruziya urushiga aloqador uch amaldorini hibsga olishga order bergan sudyalar kollegiyasi tarkibida bo‘lgan. Shu yilning mart oyida u 2023 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order bergan XJS rahbari Tomoko Akanening o‘rinbosari siifatida tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, 11 noyabr kuni Moskva sudi Sergey Shoygu va Valeriy Gerasimovni hibsga olish uchun order bergan XJS sudyasi Haykel Ben Mahfudni sirtdan hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqargan edi.

Kiritildi: 21:11 13.11.2024. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!