Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Moskva sobiq madaniyat vaziri Aleksandr Kibovskiy hibsga olindi

A A A
Moskva sobiq madaniyat vaziri Aleksandr Kibovskiy hibsga olindi

Moskvaning Zamoskvoresk tuman sudi qarori bilan Moskva madaniyat departamenti sobiq rahbari Aleksandr Kibovskiy 16 sentyabrgacha tergov izolyatoriga jo‘natildi. Bu haqda 17 iyul, chorshanba kuni kechqurun “Mediazona” internet nashri xabar berdi.

Avvalroq, 17 iyul kuni tushdan keyin Rossiya Federasiyasi Tergov qo‘mitasi (TQ) matbuot xizmati mansabdor shaxsning hibsga olingani haqida xabar bergan edi. Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenkoning aniqlik kiritishicha, Kibovskiy 8 ta pora olish (Jinoyat kodeksi 290-moddasi 6-qismi) va firibgarlikka urinish bo‘yicha (Jinoyat kodeksi 30-moddasi 3-qismi, 159-moddasi 4-qismi) bitta epizod bo‘yicha ayblangan.

“Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Kibovskiy pora evaziga tijorat tashkilotlariga davlat shartnomalarini tuzishda yordam bergan, shu bilan birga u uyushgan guruh tarkibiga kirgan”, - deyiladi press-relizda.

Kiritildi: 10:44 18.07.2024. O'qildi: 930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!