Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Moskva meri: “Moskvich” zavodida kelajakda elektromobillar ishlab chiqariladi"

Moskva meri: “Moskvich” zavodida kelajakda elektromobillar ishlab chiqariladi"

Moskva meri Sergey Sobyanin “Moskvich” brendi ostida avtomobillar ishlab chiqarish qayta tiklanishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, zavod kelajakda elektromobillar ishlab chiqaradi.

“Chet ellik egasi Moskvadagi “Renault” zavodini yopishga qaror qildi. Bu uning huquqi, lekin biz minglab ishchilarning ishsiz qolishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Shuning uchun men zavodni shahar balansiga olishga va tarixiy Moskvich brendi ostida avtomobillar ishlab chiqarishni qayta tiklashga qaror qildim”, - deb yozadi Sobyanin.

Shahar meriga ko‘ra, KAMAZ qayta tiklangan Moskva avtomobil zavodi “Moskvich”ning asosiy texnologik hamkoriga aylanadi.

“Birinchi bosqichda ichki yonuv dvigateliga ega klassik avtomobillar, kelgusida esa elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi”, deydi u.

Uning ta’kidlashicha, KAMAZ hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda Rossiyada maksimal miqdordagi avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ustida ishlar boshlangan.

“Volgograd prospektidagi avtomobil zavodi uzoq va shonli tarixga ega. Deyarli yuz yil oldin u Fordavtomobillarini ishlab chiqarishni boshlagan. O‘nlab yillar davomida bu yerda afsonaviy mahalliy “Moskvichlar” ishlab chiqarilgan. 1998 yildan beri “Renault” zavodi bilan hamkorlik qiladi va “Logan”, “Dusters” va “Sandero”konveerdan chiqdi. 2022 yilda biz “Moskvich” tarixida yangi sahifa ochamiz”, deydi Sergey Sobyanin.

Ma’lumot uchun, mart oyi oxirida “Renault” Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatganini e’lon qilgan.

Aytish joizki, Moskvada 2021 yilning dekabr oyida elektobuslar soni 1000dan oshgan edi. Ularning aksariyati "Kamaz" bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Kiritildi: 17:28 16.05.2022. O'qildi: 2781 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!