Moskva Ukraina bo‘yicha kelgusidagi muzokaralarga tayyor, jumladan, Yevropa davlatlarining ishtirokidan bosh tortmaydi, Buhaqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sky News Arabia telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Putin muzokaralar doirasida Ukraina prezidenti Zelenskiy bilan uchrashuv ehtimolini istisno etmadi, biroq bunday uchrashuv faqat tomonlar oldindan kelishuvga erishgandan keyingina o‘tkazilishi mumkinligini bildirdi.
"Muammo shundaki, Zelenskiy muzokaralardan qochmoqda. Chunki bu tez orada Ukrainada harbiy holatni bekor qilish zaruratiga olib keladi,” — dedi Rossiya prezidenti.
Putinning ta’kidlashicha, Ukraina neytral maqomini e’lon qilishi kerak, hech qanday xorijiy harbiy ittifoqlarga qo‘shilmasligi lozim, Kiyev yadro qurollari bilan qurollantirilmasligi shart.
Shuningdek, u Ukrainadan Rossiya tomonidan anneksiya qilingan to‘rtta hududda o‘tkazilgan "referendumlar" natijalarini tan olish, rus tilli aholining huquqlarini ta’minlash va Ukraina rahbariyatidagi “nasistik elementlar”ni yo‘q qilishni ham talab qildi.,