Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Mosbirja o‘zbek so‘mi bilan savdo qilishni boshlaydi

A A A
Mosbirja o‘zbek so‘mi bilan savdo qilishni boshlaydi

Moskva birjasida o‘zbek so‘mi, arman drami va Janubiy Afrika randi bo‘yicha savdolar olib boriladi.

Rossiyaning Moskva birjasi 27 iyundan boshlab O‘zbekiston so‘mi bilan savdo qilishni boshlaydi.

Moskva birjasi shuningdek, arman drami va Janubiy Afrika randi bo‘yicha hamsavdolarni olib boradi.

“Yangi valyutalar bozorning professional ishtirokchilari, ularning mijozlari – jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyat subektlarining savdo imkoniyatlarini kengaytiradi”, deyiladi xabarda.

Savdo ishtirokchilari va ularning mijozlari quyidagi valyuta juftliklari uchun spot va almashtirish vositalaridan foydalanishlari mumkin:

Janubiy Afrika randi—Rossiya rubli (ZAR/RUB);

AQSh dollari—Janubiy Afrika randi (USD/ZAR);

Arman drami—Rossiya rubli (AMD/RUB);

AQSh dollari—Arman drami (USD/AMD);

O‘zbek so‘mi—Rossiya rubli (so‘m/RUB).

Birja BAA dirhami – Rossiya rubli (AED/RUB) va AQSh dollari – BAA dirhami (USD/AED) valyuta juftliklarida savdoni boshlashni ham reja qilgan.

Kiritildi: 09:31 22.06.2022. O'qildi: 2892 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!