Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Momaqaldiroq "Real"ning o‘yiniga ta’sir qilishi mumkin

Momaqaldiroq "Real"ning o‘yiniga ta’sir qilishi mumkin

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasidagi “Real” – “Zalsburg” uchrashuviga ob-havo sharoiti xalaqit berishi mumkin.

Musobaqa guruh bosqichining 3-tur uchrashuvi Filadelfiyada bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 06:00da boshlanadi.

Marca nashrining xabar berishicha, shtatdagi g‘ayritabiiy issiqlikdan so‘ng o‘yin davomida momaqaldiroq xavfi kuchayishi kutilmoqda. AQShda o‘yin o‘tkazish qoidalariga ko‘ra, agar stadiondan 8 mil radiusda (taxminan 13 kilometr) chaqmoq tushsa, o‘yin to‘xtatiladi, jamoalar maydonni, muxlislar esa tribunani tark etishadi.

Qayd etilishicha, jamoalarga noqulay ob-havo sharoiti haqida xabar berilgan. Ayni damda ob-havo turnirning 6ta o‘yiniga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

Kiritildi: 23:28 26.06.2025. O'qildi: 648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!