Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Moldova saylovlar bo‘yicha Rossiyani aybladi

A A A
Moldova saylovlar bo‘yicha Rossiyani aybladi

Moldova prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Stanislav Sekriyeru Rossiyani mamlakatdagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichiga «ommaviy aralashuv»da aybladi. Bu sa’y-harakatlar «natijaga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin», dedi u.

Janob Sekriyeru Rossiya ovoz berish jarayoniga qanday aralashganiga aniqlik kiritmadi. Reuters xabariga ko‘ra, Moldova polisiyasi «saylovchilarni poraxo‘rlikning keng ko‘lamli sxemasi»ning oldini olish uchun ovoz berishning ikkinchi bosqichida xavfsizlik choralarini kuchaytirgan.

Moldovaning amaldagi prezidenti Mayya Sandu ovoz berishning birinchi bosqichidan so‘ng «jinoiy to‘dalar» saylovlarga aralashishga urinib, 300 minggacha ovoz sotib olishni rejalashtirganini aytdi. Keyinroq Yevropa Ittifoqi Rossiyani Moldovadagi saylovlarga aralashishda aybladi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu xabarlarni rad etib, Moskva Moldovada saylov jarayoniga aralashishga urinmaganligini va bunga imkoni yo‘qligini ta’kidladi.

Bugun, 3 noyabr kuni Moldovada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Maya Sandu va sobiq bosh prokuror Aleksandr Stoyanoglo ikkinchi bosqichga chiqdi.

Kiritildi: 00:02 04.11.2024. O'qildi: 1943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!