Xabarlarga ko‘ra, dron bo‘laklari mamlakat sharqida, Ukraina chegarasi yaqinidagi Lopatna qishlog‘i atrofidan topildi.
Mamlakat Mudofaa vazirligi dronning qayerdan kelib chiqqanini aniqlash uchun uning qoldiqlari o‘rganilishini ma’lum qilmoqda. Shuningdek, vazirlik tunda Rossiya Ukrainaga raketalar va dronlar bilan yoppasiga hujum qilganini ham qayd etdi.
Ukraina TIV rahbari "yana bir Rossiya droni qulaganini" ma’lum qildi.
"Biz moldovalik do‘stlarimizni to‘liq qo‘llab-quvvatlashimizni bildiramiz va ularning Rossiya agressiyasini izchil qoralashlarini alohida qayd etamiz. Ushbu hodisa Moskva nafaqat Ukraina, balki butun mintaqa va umuman Yevropa uchun tahdid ekanini yaqqol namoyish etmoqda", — deydi Sibiga.
Dron qulashi natijasida jabrlanganlar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot mavjud emas, deyiladi xabarlarda.