Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Moldova fuqarosi o‘zbek tadbirkorini “uxlatib” ketdi

Moldova fuqarosi o‘zbek tadbirkorini “uxlatib” ketdi

Buxoroda xorijlik shaxs mahalliy tadbirkorning 14 mln so‘mlik molini qarzga olib, g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi. 

Foydali taklif

Moldova fuqarosi I.P. joriy yil fevral oyida Buxoro viloyati “Markaziy dehqon bozori”da xo‘jalik mollari savdo do‘koni sotuvchisi fuqaro R.H.ga molini shaharlararo aylanib yurib, asosan Buxoro va Xorazm viloyatlarida sotib berishini taklif qiladi. O‘zaro kelishuvga ko‘ra, R.H. xorij fuqarosiga tovarini ulgurji narxda hisoblab beradi. Xorijlik tadbirkor 14 mln so‘mlik tovar uchun 3 mln so‘m to‘lab, qolganini mahsulot sotilganidan keyin to‘liq berishini va’da qiladi. 

“Uddaburon” tadbirkor g‘oyib bo‘lgan  

Arzimagan pulga katta miqdordagi molni qo‘lga kiritgan moldovalik “uddaburon” tadbirkor shu bilan g‘oyib bo‘lgan.  

IIBga murojaat

Buxoro tumani, “Shergiron” MFYda yashovchi fuqaro R.H. uzoq kutishlardan so‘ng aldanganini anglab, nihoyat, shu yil 29 iyul kuni viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Viloyat IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi, 1-qismiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Moldova respublikasi fuqarosi, 1994 yilda tug‘ilgan va hozirda Atachi shahrida doimiy ro‘yxatda turgan fuqaro I.P. ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Ma’lumot uchun, Moldova fuqarosi I.P. 2018 yilning 21 iyunida O‘zbekistonga kelgan. U Buxoro shahri markazining “Dilkusho” ko‘chasidagi uylardan birida qo‘nim topib, vaqtincha yashab, shu yerda savdo-sotiq ishlarini yo‘lga qo‘ygan.  

Kiritildi: 06:00 16.08.2019. O'qildi: 2179 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!