Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Modrich "Real" safida yangi rekord o‘rnatdi

A A A
Modrich "Real" safida yangi rekord o‘rnatdi

Luka Modrich 35 yoshdan so‘ng "Real" safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Bugungi La Ligada "Kadis"ga qarshi o‘yin (3:0) 38 yoshli xorvatiyalik uchun 35 yoshdan keyin Madrid klubidagi 161-o‘yini bo‘ldi.

Modrich bu ko‘rsatkich bo‘yicha 1986 yildan 1997 yilgacha "Real"da o‘ynagan darvozabon Fransisko Buyodan o‘zib ketdi.

"Kadis"ga qarshi o‘yinda Modrich 67 daqiqani maydonda o‘tkazdi va Rodrigoga golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 09:43 27.11.2023. O'qildi: 975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!