Bugun 22 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Modi Pezeshkian bilan suhbatda mintaqadagi energetika inshootlariga qilingan hujumlarni qoraladi

Modi Pezeshkian bilan suhbatda mintaqadagi energetika inshootlariga qilingan hujumlarni qoraladi

Eron prezidenti Masud Pezeshkian bilan telefon orqali suhbatda Bosh vazir Narendra Modi mintaqada AQSh va Isroilning Eronga qarshi davom etayotgan operasiyalari fonida energetika infratuzilmasiga qilingan har qanday hujumlarni qoraladi.

Bu haqda Eronning ISNA agentligi xabar berdi.

Hindiston bosh vaziri Yaqin Sharqdagi keskinlikning kuchayib borayotganidan chuqur xavotir bildirdi. U mojarolar global oziq-ovqat va energetika xavfsizligiga jiddiy tahdid solishini ta’kidladi va Hormuz bo‘g‘ozida xavfsizlikni va Fors ko‘rfazida erkin kema qatnovini talab qildi.

Pezeshkian, o‘z navbatida, Erondagi urushni tugatish uchun AQSh va Isroil "zudlik bilan hujumlarni to‘xtatishi" kerakligini ta’kidladi.

"Shuningdek, hujumlar takrorlanmasligiga kafolat berilishi kerak", dedi Eron prezidenti.

28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operasiya boshladi. Natijada Eronning oliy rahbari oyatulloh Ali Xomeney va boshqa bir qancha yuqori lavozimli amaldorlar o‘ldirildi. Keyin Eron Isroildagi, shuningdek, AQSh va uning Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Ummon, Bahrayn, Iroq va Kiprdagi ittifoqchilari bilan bog‘liq nishonlarga zarba berishni boshladi.

Kiritildi: Bugun 09:00. O'qildi: 388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!