Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

MLS. "Inter Mayami" Messisiz navbatdagi g‘alabasiga erishdi

A A A
MLS. "Inter Mayami" Messisiz navbatdagi g‘alabasiga erishdi

MLS muntazam chempionati navbatdagi turida "Inter Mayami" "Chikago Fayr"ni mag‘lub etdi (2:1).

Himoyachi Jordi Alba 75-daqiqada g‘alaba golini kiritdi.

Florida klubi hujumchisi Lionel Messi to‘pig‘idan olgan jarohati tufayli o‘yinda ishtirok etmadi.

Mayami klubi ochkolarini 53 taga yetkazib, peshqadamligini mustahkamladi. “Chikago Fayr” 25 ochko bilan 14-pog‘onada qoldi.

Inter Mayami – Chikago Fayr 2:1 (1:0, 1:1)
21 iyul, 04.30, «Chase Stadium»
Gollar: 1:0 – 6 Roxas, 1:1 – 73 Chixos, 2:1 – 75 Alba.
Inter Mayami – Kellender, Veygandt, Aviles, Buskets, Alba, Brayt, Roxas (Frey, 81), Redondo (Allen, 81), Teylor (Afonso, 70), Gressel (Ruis, 70), Suares.
Chikago Fayr – Breydi, Suke, Chixos, Omsberg (Pineda, 19), Arigoni (Reynolds, 86), Gutyerres, Akosta (Barlou, 86), Ximenes, Xayle-Selassiye (Kusias, 59), Xerbers (Myuller, 59), Keypers.
Ogohlantirishlar: Teylor (39), Frey (84), Gutyerres (88).

Kiritildi: 09:36 21.07.2024. O'qildi: 845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!