Bugun 19 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Misrning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Misrning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Misrning yangi elchisi etib tayinlangan Tamer Fathi Abdussalom Hammadni qabul qildi.

"Misrning yangi tayinlangan Elchisi Tamer Fathi Abdussalom Hammad janoblarini qutlab, ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yili Qohiraga amalga oshirgan rasmiy tashrifi istiqbolli hamkorlik uchun yangi poydevor qo‘ydi.

Faol va yaqin munosabatlar kun tartibini boyitishda, shubhasiz, elchixonalar muhim o‘rin tutadi. Baxtiyor Saidov elchiga O‘zbekistonda samarali va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini tiladi.

Kiritildi: Bugun 11:44. O'qildi: 258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!