Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Misrda Vizantiya davriga oid saqlanib qolgan shahar qoldiqlari topildi

Misrda Vizantiya davriga oid saqlanib qolgan shahar qoldiqlari topildi

Xabarlarga ko‘ra, arxeologlar mamlakatning g‘arbiy qismida, Liviya cho‘lida joylashgan Daxla vohasida Misr Vizantiya imperiyasi tarkibida bo‘lgan IV asrga oid shahar qoldiqlarini topdi. Bundan tashqari, Iskandariya yaqinidagi Marina-el-Alameyn hududida 18 ta qadimiy qabr — 11 tasi qoyaga o‘yilgan va 7 tasi yer usti qabrlari aniqlandi.

Bu haqda Associated Press agentligi Misr Turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligiga tayanib xabar bermoqda.

Daxla vohasida shimoldan janubga va sharqdan g‘arbga tomon kesishuvchi ko‘chalardan iborat mahallalar topildi. Aholi punktining chetida, asosiy ko‘chalarga qaragan holda bazilika va ikkita kuzatuv minorasi qoldiqlari joylashgan.

Shuningdek, hududdan qalin mustahkam devorlarga ega mudofaa inshootlari va ravoqli tomlarga ega turar-joylar topilgan. Ulardan biri diakon (cherkov xizmatchisi) uyi deb topilgan bo‘lib, bazilika qurilgunga qadar cherkov vazifasini ham bajargan.

Marina-el-Alameyn hududidan sopol idishlar, amforalar, chiroqlar, laganlar, qurbongohlar va ohaktosh kosalar, shuningdek, dafn marosimida marhumlarning og‘ziga solingan to‘rtta oltin tanga topildi. Bundan tashqari, 2,5 metrlik granit sarkofag va uning ichida skelet qoldiqlari, uning yonida esa gipsdan yasalgan sfinks haykali bo‘laklari aniqlandi.

Kiritildi: 15:33 05.07.2026. O'qildi: 2473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!