OAVlarda Misr vizasi narxi 25 dollardan 45 dollargacha oshishi haqidagi ma’lumotlar yolg‘on. Bu haqda Misr Turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatga kirish vizasi narxining oshishi haqidagi ma’lumotlar mutlaqo yolg‘on va bu masala bo‘yicha hech qanday qarorlar qabul qilinmagan.
— Hozirda viza to‘lovini oshirish emas, balki maksimal to‘lovni belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi, — deyiladi bayonotda.
Vazirlik vizalar yoki boshqa masalalar bo‘yicha har qanday ma’lumot faqat tegishli davlat organlarining rasmiy bayonotlari orqali e’lon qilinishini ta’kidladi. Shu munosabat bilan agentlik barcha OAV va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ushbu masala bo‘yicha biron bir ma’lumotni tarqatishdan oldin rasmiy manbalarga murojaat qilishga chaqiradi.