Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Misrda masjidlarda juma namozi o‘qilishiga ruxsat berildi

A A A
Misrda masjidlarda juma namozi o‘qilishiga ruxsat berildi

Misrdagi katta masjidlarda juma namozi o‘qilishiga ruxsat berildi, lekin  koronavirusdan saqlanish uchun o‘rnatilgan qat’iy ehtiyot choralari saqlanib qoladi, deya xabar berdi mahalliy Al-Ahram axborot agentligi.

Misrda pandemiya sharoitida juma kungi jamoat namozini tashkil qilish uchun tayyorgarlik ko‘rilib, mamlakatdagi masjidlarni dezinfeksiya qilish ishlari amalga oshirildi. Bosh Vazir Mustafo Madbuliyning aytishicha, juma namozidagi ma’ruzaning vaqti 10 daqiqagacha qisqartirilgan.

Hukumat tomonidan joriy qilingan ehtiyot choralariga ko‘ra, namozxonlar doimo niqob taqishlari, ijtimoiy masofani saqlashlari va o‘zlarining shaxsiy joynamozlaridan foydalanishlari kerak bo‘ladi. Musulmonlar namozdan 10 daqiqa oldin masjidga kirishlari mumkin va ibodatdan keyinoq masjidlar tezda yopiladi.

Misrda koronavirus tufayli mart oyining 21- sanasida masjidlar yopilgandi. Iyun oyiga kelib kunlik ibodatlarni amalga oshirish uchun masjidlar qayta ochilgan, lekin, juma namoziga ruxsat berilmagandi.

Kiritildi: 17:17 28.08.2020. O'qildi: 1884 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!