Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Misrda ikki yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketdi

A A A
Misrda ikki yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketdi

Misrning Sharqiya provinsiyasida ikkita poyezdning to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 49 kishi jarohat oldi, deya xabar beradi Sinxua axborot agentligi.

Voqea joyiga 39 ta tez yordam mashinasi jo‘natildi.

Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonot berdi, yaralangan 44 kishining sog‘lig‘i normal holatda. Tez orada ular shifoxonadan chiqariladi. Yana beshtasi qo‘shimcha kuzatishni talab qiladi.

Sharqiya gubernatori Hazem al-Ashmuniyning so‘zlariga ko‘ra, ikkita poyezddan barcha yo‘lovchilar evakuasiya qilingan va temir yo‘l liniyasida poyezdlar qatnovini tiklash ishlari olib borilmoqda.

Misr milliy temir yo‘l boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, avariyaning texnik sabablarini aniqlash uchun temir yo‘l mutaxassislaridan iborat qo‘mita tuzilgan.

Kiritildi: 21:30 16.09.2024. O'qildi: 1090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!