Misr «Arab NATO»si tuzish tashabbusini ilgari surib, arab davlatlarining qo‘llab-quvvatlashiga umid qilmoqda, deb xabar berdi World Israel News.
Xabarga ko‘ra, NATOga o‘xshash harbiy ittifoqqa asos solish taklifi birinchi marta to‘qqiz yillar oldin kiritilgan, ammo amalga oshmay qolgan, Isroil Qatarga zarba berganidan so‘ng mavzu yana faollashgan.
Harbiy ittifoq tuzilsa, Qohira unga 20 mingga yaqin o‘z harbiy xizmatchisini kiritishni taklif qilmoqda va bunday kuchlarni «zarurat tug‘ilganda ulardan foydalanishga imkon beradigan va ularni arab mamlakatlari aholisi va ularning qurolli kuchlariga mos keladigan tarzda shakllantiradigan» mexanizmni ishlab chiqish ustida ishlamoqda.
Nomi sir tutilgan misrlik mansabdorning aytishicha, ushbu alyansda yetakchi maqomida Misr o‘zini ko‘rmoqda, keyin Saudiya Arabistoni, undan so‘ng esa Fors ko‘rfazi davlatlaridan biri (arab davlati) bo‘lishi mumkin.