Bugun 27 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Si Szinpin Rossiya bilan munosabatlarni ochiqladi

Si Szinpin Rossiya bilan munosabatlarni ochiqladi

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Rossiya Federasiyasi yetakchisi bilan telefon orqali suhbatiga izoh berib, jumladan, shunday degan:

– Prezident Vladimir Putin bilan virtual uchrashuvda biz 2025 yil Xitoy Rossiya munosabatlari o‘sish sur’atiini tahlil qilib, ko‘plab yirik xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha qarash va yondashuvlarimizni muvofiqlashtirgan edik. Mamlakatlarimiz vakolatli idoralari turli sohalarda hamkorlikni izchil rivojlantirish bo‘yicha umumiy tushunchalarimiz asosida ish olib bordi. Tarix ham, voqelik ham davlatlarimiz yaxshi qo‘shni bo‘lib qolish, bir-birini qo‘llab-quvvatlash orqali umumiy taraqqiyotga intilayotgan haqiqiy do‘st ekanidan darak beradi. Kuchli ichki harakatlantiruvchi kuchdan ilhom oladigan o‘zaro munosabatimiz noyob strategik ahamiyatga ega. Bu hech qanday uchinchi shaxs yoki tomonga qaratilmagan, tashqi ta’sirga bog‘liq emas. Har ikki davlat uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi va tashqi siyosatiga ega. Xalqaro vaziyat qanday o‘zgarmasin, munosabatimiz shu sur’atda rivojlanib, mamlakatlarimizning tegishli taraqqiyoti va jonlanishiga hissa qo‘shadi, xalqaro munosabatlarga barqarorlik, ijobiylik baxsh etadi.

O‘z navbatida Putin ham RF Xitoy bilan munosabatga jiddiy ahamiyat berishini bildirib, kelgusi yil ham Rossiya tomoni yuqori darajadagi almashinuvni davom ettirish, amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishda zabardast kuch sifatida birga harakat qilishini ta’kidladi.

Rossiya va AQSh munosabati, Ukraina bilan yuzaga kelgan inqiroz bo‘yicha Moskvaning qat’iy pozisiyasiga to‘xtalarkan, Putin RF mojaroning asl sabablarini bartaraf etish, barqaror va uzoq muddatli tinchlik rejasiga erishish tarafdori ekaniga urg‘u berdi.

Umuman, tomonlar turli yo‘llar bilan aloqa va muvofiqlashtirishni davom ettirishga kelishib olgan.

Kiritildi: 19:10 26.02.2025. O'qildi: 1285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!