Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Mis qozonning misi chiqar, Berkitganning isi chiqar. —Oltiariqda qalbaki yer egasidan 1,2 mlr zarar undirildi

Mis qozonning misi chiqar, Berkitganning isi chiqar. —Oltiariqda qalbaki yer egasidan 1,2 mlr zarar undirildi

Bugungi qahramonimiz – Oltiariqlik "mohir tadbirkor" B.SH.! U kishi bir kuni ko‘zini yerga tikdi-yu, "bir" g‘oyaga keldi: "Nima qilaman bu yerlarni sotib olib, hujjat qilib? Bor-ku, o‘zim uchun yetarlicha, yana biroz "o‘zlashtirib" qo‘ysam, kim biladi deysan?!"

Ammo adolatning "kuzatuv kameralari" aniqladi! Oltiariq tuman sudining "dono" qarori B.SH.ga qonunning "samimiy" salomlarini yetkazdi: 47.7 million so‘m jarima – "o‘zlashtirish uchun 'bonus'."

MIB "ixtiyoriy muddat" berdi, ammo B.SH. "unutib qo‘ydi". Shundan so‘ng MIB: "'Ixtiyoriy bo‘lmasa, majburiy!'" shiori ostida, B.SH.ga tegishli mulklarni xatlab, auksionga chiqarishga kirishdi. Ana xolos! Mulklari "sayohatga" otlanganini ko‘rgan B.SH.ning ko‘zlari darrov "ochildi" – 47.7 million so‘m bir zumda topildi!

Lekin bu hali hammasi emas ekan. B.SH.ning bu "erga mehribonligi" unga yana bir "qimmatli" tajriba olib keldi: 1.234.241.845 so‘m miqdorida yetkazilgan zararni ham davlat foydasiga to‘lashga to‘g‘ri keldi.

Birovning moliga, ayniqsa yeriga "ko‘z olaytirish" nafaqat o‘sha yerdan ayiradi, balki xuddi bizning qahramonimiz B.SH. kabi, "kichkina" bir 47.7 million so‘mlik jarima va "arzimagan" 1.2 milliard so‘mlik "qimmatli tajriba" bilan ham boyitadi.

"Qonun ustuvorligi" degan gap shunchaki shior emas,. Uni aslo unutmang!

Kiritildi: 14:48 03.06.2025. O'qildi: 587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!