Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quv jarayoni STEM modeli bo‘yicha tashkil etiladi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quv jarayoni STEM modeli bo‘yicha tashkil etiladi

Farmonga ko‘ra 2025/2026 o‘quv yilidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tajriba-sinov tariqasida “Yangi O‘zbekiston” universiteti bilan o‘zaro integrasiyalashgan o‘quvchilarni muhandislik asoslariga o‘rgatish bo‘yicha ta’lim dasturlari joriy qilinadi.

🔘Bunda:

🔹Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning o‘quv jarayoni 5 yillik dasturlar asosida STEM modeli bo‘yicha tashkil etiladi;

🔹muhandislik dasturlariga tanlov umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining matematika, mantiqiy fikrlash, informatika va muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha qobiliyati bor 6-sinf bitiruvchilari orasidan amalga oshiriladi;

🔹muhandislik ta’lim dasturlari “Yangi O‘zbekiston” universiteti bakalavriat ta’lim dasturlari bilan o‘zaro integrasiya qilinadi;

🔹muhandislik ta’lim dasturlarini lozim darajada o‘zlashtirgan bitiruvchilarga o‘z o‘qishini “Yangi O‘zbekiston” universiteti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichidan davom ettirish huquqi beriladi.

Kiritildi: 12:01 03.04.2024. O'qildi: 1236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!