Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Mirziyoyevning maxsus vakili Fransiya elchisi bilan uchrashdi

Mirziyoyevning maxsus vakili Fransiya elchisi bilan uchrashdi

2022 yil 16 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida Afg‘oniston yo‘nalishidagi O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, xususan, Afg‘onistondagi mavjud vaziyat muhokama etildi.

Afg‘oniston xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatish borasida ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Oliy martabali diplomat O‘zbekistonning Afg‘onistonga iqtisodiy yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi, xususan, O‘zbekistonning BMT shafeligida O‘zbekiston bilan chegaradosh Termiz shahrida Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yetkazib berish maqsadida ko‘p funksiyali transport-logistika xabini yaratish tashabbusi muhimligi va o‘z vaqtida amalga oshirilganini ta’kidladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Kiritildi: 23:41 17.05.2022. O'qildi: 2192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!