Bugun 27 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Mirziyoyevning Bryusselga rasmiy tashrifi yakunlandi

Mirziyoyevning Bryusselga rasmiy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bryussel shahrida Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen va Belgiya qiroli Filipp bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tashrif davomida tomonlar o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Ushbu hujjat O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqib, savdo, investisiya va strategik hamkorlikni kengaytirish uchun mustahkam asos yaratadi.

Prezident, shuningdek, Yevropaning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bilan qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida Yevropa Ittifoqi bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlandi.

Tashrif yakunida davlat rahbari Toshkentga qaytdi.

Kiritildi: 10:18 25.10.2025. O'qildi: 614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!