Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Mirziyoyev Vengriyaga yo‘l oldi: Budapeshtda oliy darajada muzokaralar kutilyapti

Mirziyoyev Vengriyaga yo‘l oldi: Budapeshtda oliy darajada muzokaralar kutilyapti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19 may kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif doirasida Budapesht shahrida oliy darajadagi muzokaralar, Vengriyaning rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Kun tartibidan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida ham ishtirok etadi.

Kiritildi: 17:39 19.05.2025. O'qildi: 427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!