MIB Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituviga FIB Shayxontohur tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan, qarzdor A.A. dan undiruvchi A.R.foydasiga, shuningdek, FIB Sariosiyo tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan, qarzdor A.A dan undiruvchi A.P. foydasiga 1/4 qism miqdorda aliment undirish to‘g‘risida ijro varaqalar kelib tushgan.
Ikki ijro hujjati bo‘yicha bo‘limda tegishlicha ijro ishlari qo‘zg‘atilib, ijro harakatlari olib borilgan.
Afsuski, aka-uka qarzdorlar aliment pul mablag‘larini ixtiyoriy ravishda to‘lashdan bosh tortib kelgan. Qarzdor akaning bir nafar farzandi uchun 10 mln. 774 ming 384 so‘m, alimentchi ukaning esa 8 mln. 254 ming 574 so‘m aliment qarzdorligi yuzaga kelgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor aka-ukaga nisbatan 14.03.2025 yilda qidiruv e’lon qilingan. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari hamda qidiruv tadbirlari natijasida aka-uka qarzdorlar qidiruvdan topilib, ular ogohlantirilishiga qaramasdan aliment pullarini to‘lamay kelganligi sababli, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47⁴-moddasiga asosan, JIB Shayhontoxur tuman sudining qaroriga asosan, A.Abdulla hamda A.Ahmadga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.