Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Mirziyoyev Toqayev bilan Qoraqalpog‘istondagi mojarolar bo‘yicha suhbatlashdi

A A A
Mirziyoyev Toqayev bilan Qoraqalpog‘istondagi mojarolar bo‘yicha suhbatlashdi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali suhbatlashdi. Suhbatdoshlar ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi masalalarni muhokama qildilar.

Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekiston rahbariyatining Qoraqalpog‘istonda barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan qarorlari o‘z vaqtida qabul qilinganini ta’kidladi. Qozog‘iston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazishda muvaffaqiyat tiladi va bu voqea qardosh O‘zbekistonda keng ko‘lamli siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar dasturini amalga oshirishda muhim lahza bo‘lishini ta’kidladi.

Davlat rahbarlari Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi kun tartibini ham muhokama qildilar.

Kiritildi: 12:45 04.07.2022. O'qildi: 3063 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!