Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Mirziyoyev Rossiyada Erdo‘g‘on bilan uchrashdi: tafsilotlar

Mirziyoyev Rossiyada Erdo‘g‘on bilan uchrashdi: tafsilotlar

Qozon shahriga tashrifning birinchi kunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BRIKS sammiti doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘on bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish bo‘yicha dolzarb masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Ikki davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy va gumanitar sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladilar. Prezidentlar faol muloqotlar va samarali almashinuvlarni davom ettirish zarurligini qayd etdilar. Geologiya va mineral resurslarni qazib chiqarish, elektrotexnika, mashinasozlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda kooperasiya loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish zarurligi ta’kidlandi. Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy kun tartibining muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Kiritildi: Bugun 00:01. O'qildi: 934 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!