Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Mirziyoyev: «Mana, Navoiyda ko‘rdik, qaysidir kafeda bemalol odamlar yig‘ilib o‘tiribdi» (video)

Mirziyoyev: «Mana, Navoiyda ko‘rdik, qaysidir kafeda bemalol odamlar yig‘ilib o‘tiribdi» (video)

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti raisligida 26 may kuni investisiya masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi avvalida mamlakatimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tilgani xabar qilingandi. Bu haqda "xabar.uz" yozmoqda.

«Xalqimizga yana bir bor murojaat qilmoqchiman. Kasallik tugagani yo‘q O‘zbekistonda. Karantin qoidalariga amal qilmasak, shuncha ko‘rgan choralarimiz barbod bo‘ladi. Korxonalar rahbarlariga, tuman va viloyatlar hokimlariga eslatmoqchiman, qaysi hudud karantinga jiddiy e’tibor bermasa, o‘sha tuman, shahar yoki viloyatni ham yopib qo‘yishga majbur bo‘lamiz» – dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda «mutasaddilar jilovni qo‘yib yuborgani»ni ham tanqid qilib, buning oqibatida o‘n kun ichida aholi o‘rtasida Navoiyda 57 ta, Samarqandda 73 ta, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 114 ta kasallik holatlari qayd etilganini aytib o‘tdi.

«Mana, Navoiyda ko‘rdik, qaysidir kafeda bemalol odamlar yig‘ilib o‘tiribdi. Agar jilovni qo‘yib yuborsak, ertaga yana boshlanadi» – ta’kidladi davlat rahbari.

Kiritildi: 23:48 26.05.2020. O'qildi: 8505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!