Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Miroboddagi jamiyatdan 10,2 milliard so‘mdan ziyod soliq qarzdorligi undirildi

Miroboddagi jamiyatdan 10,2 milliard so‘mdan ziyod soliq qarzdorligi undirildi

Majburiy ijro byurosi Mirobod tuman bo‘limi hamda tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda soliq to‘lovlaridan bo‘lgan yirik qarzdorlikka ega bo‘lgan sub’ektlarning mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Byuroning Mirobod tumani bo‘limi ish yurituvida qarzdor korxonalardan davlat foydasiga soliq qarzdorliklarini undirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Bo‘lim ish yurituviga qarzdor jamiyatdan davlat foydasiga 10 milliard 200 million so‘mdan ziyodroq soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi Soliq qo‘mitasi yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining qarori kelib tushgan.

Shunga asosan Byuroning tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, tomonlarga yuborilgan. Qarzdor tashkilot qonun talabi asosida berilgan ixtiyoriy muddatda soliq qarzdorligini qoplamagan.

Shu sababli, davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor jamiyatdan 10,2 milliard so‘mdan ziyod soliq qarzdorligi to‘liq undirildi.

Kiritildi: 19:08 09.02.2024. O'qildi: 710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!