Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video yuzasidan munosabat bildirildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar, Mirobod tumanida joylashgan "Orient motors" MCHJ binosi atrofida 1.4 yo‘l yotiq chizig‘i piyodalar yo‘lkasiga chizilganligi aks etgan video tarqaldi.
Ushbu yo‘l yotiq chizig‘i "Orient motors" MCHJ tomonidan yollangan ishchilar tomonidan chizilgan bo‘lib, chiziqlarni chizish loyihasi Toshkent shahar IIBB JXX YHXB bilan kelishilmagan. Hozirda ushbu yo‘l yotiq chizig‘i YHXB Ekspluatasiya-montaj bo‘limi xodimlari tomonidan o‘chirildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, videoda aks etgan holatda "Tracker" rusumli avtomobil haydovchisi belgilanmagan joydan katta radiusda ortga qayrilishi natijasida sodir bo‘lgan.