Toshkentda futzal bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilgan Mirabror Usmonov kubogi xotira turniri yakunlandi.
Final bahsida O‘zbekiston Gvatemala ustidan g‘alabaga erishdi – 7:4. 3-o‘rin uchun bahsda esa Tojikiston Qirg‘izistonni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Futzal. Mirabror Usmonov kubogi.
Final
O‘zbekiston – Gvatemala – 7:4
Gollar: Muzaffar Ahadjonov 4, - 1:0. Patrik Ruiz 5, - 1:1. Roberto Alvardo 6, - 1:2. Abror Ahmedzyanov 7, - 2:2. Roberto Alvarado 10, - 2:3. Ixtiyor Ropiyev 11, - 3:3. Ilhom Hamroyev 18, - 4:3. Fernando Kampainak 21, - 4:4. Ilhom Hamroyev 24, - 5:4. Abror Ahmedzyanov 37, - 6:4. Ilhom Hamroyev 39, - 7:4.