Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Minsk “Bir makon, bir yo‘l” sammitida qatnashadi

A A A
Minsk “Bir makon, bir yo‘l” sammitida qatnashadi

Belarus oktyabr oyida Pekinda o‘tadigan “Bir makon, bir yo‘l” sammitida ishtirok etishni rejalamoqda, deb xabar berdi respublika tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik.

– Biz XXR bilan ko‘plab qo‘shma loyihalar amalga oshiryapmiz, – dedi mulozim. – Munosabatlarimiz “har qanday “ob-havo sharoitida” strategik sheriklik va hamkorlik xususiyatiga ega. Belarus Sharqiy Yevropada birinchi bo‘lib, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusiga qo‘shilgan va amaliy ishga kirishgan.

Aleynik, shuningdek, Minsk Xitoyning Global taraqqiyot tashabbusini ham qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. XXR Raisi tomonidan kiritilgan mazkur tashabbus bo‘yicha BMT Bosh Assambleyasi sessiyalari doirasida alohida yig‘ilishlar o‘tkazildi.

“Yig‘ilishlarda biz ham ishtirok etdik, mazkur tashabbusga munosabat bildirdik, g‘oyani amalga oshirish yo‘lidagi to‘siqlarga e’tibor qaratdik”, – dedi vazir qo‘shimcha qilib.

Kiritildi: 10:40 25.09.2023. O'qildi: 994 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!