Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Minimal iste’mol xarajatlari ijtimoiy to‘lovlar va nafaqalar miqdoriga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

A A A
Minimal iste’mol xarajatlari ijtimoiy to‘lovlar va nafaqalar miqdoriga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

2023 yil inflyasiya darajasidan kelib chiqib, 2024 yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 621 ming so‘m etib etib e’lon qilindi.

✔️Minimal iste’mol xarajatlari ijtimoiy to‘lovlar va nafaqalar miqdoriga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Endilikda, 2024 yil 1 fevraldan boshlab quyidagi nafaqalar miqdori 608 ming so‘mdan 621 ming so‘mga oshiriladi:

1️⃣ zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarning yoshga doir nafaqalari (74,9 ming nafar);

2️⃣ boquvchisini yo‘qotganlik uchun nafaqa oluvchilarning nafaqalari (51,2 ming nafar);

3️⃣ o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakilning (68,4 ming nafar) parvarishlash nafaqalari.

✔️Bundan tashqari, xususiy sektorda ishlovchi ayollarga to‘lanadigan homiladorlik va tug‘ish nafaqasining davlat budjetidan qoplanadigan miqdori ham 2 272 ming so‘mdan 2 484 ming so‘mga oshiriladi.

⚡️ Shuningdek, minimal iste’mol xarajatlari miqdorining oshirilishi natijasida «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali qo‘shimcha 63 ming nafar kam ta’minlangan oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanishi kutilmoqda.

🟣Minimal iste’mol xarajatlari qiymatini qayta ko‘rib chiqilishi natijasida joriy yil yakuniga qadar 216 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

🖋 Ma’lumot uchun: Parvarishlash hamda ayollarga to‘lanadigan homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini tayinlash uchun fuqarolarning murojaati talab etilmaydi.

Kiritildi: 17:21 01.02.2024. O'qildi: 1665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!