Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

"Milliy", "Zo‘r TV", "MY5" kabi telekanallar tizimli ravishda Lisenziya talablarini buzib kelmoqda"

"Milliy", "Zo‘r TV", "MY5" kabi telekanallar tizimli ravishda Lisenziya talablarini buzib kelmoqda"

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi rahbari "Milliy", "Zo‘r TV", "MY5" kabi xususiy telekanallarning faoliyatidan xavotirda ekanini bildirgan.

"So‘nggi vaqtlarda mamlakat fuqarolarining nodavlat telekanallar efirida namoyish etilayotgan xorijiy, asosan turk seriallaridan noroziligi ortib borishi kuzatilmoqda va Agentlikka kelib tushgan murojaatlariga ko‘ra, ushbu seriallar ko‘p hollarda o‘zbek xalqining milliy udum va an’analariga, shuningdek milliy o‘zligimizga ma’no va mazmun jihatdan mos kelmaydi. Agentlikka fuqarolarimizdan shu yilning faqatgina besh oyida kelib tushgan murojaat va shikoyatlar soni o‘tgan yil davomida kelib tushgan jami murojaatlar soni bilan taqqoslaganda 5 marta ko‘paygan.

Bundan tashqari, nodavlat telekanallarda mahsulot va xizmatlar savdosini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan, pul va boshqa ko‘rinishidagi sovg‘alar o‘ynaladigan ko‘rsatuvlar soni ko‘payib bormoqda. Nodavlat telekanallar ko‘rsatuvlar setkasi tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, telekanallar tizimli ravishda Lisenziya kelishuvi talablarini buzib kelishmoqda.

Yuqorida keltirilgan holatlar bizda asosli xavotirlar uyg‘otmoqda.

Agentlik respublika hududida qonun doirasida faoliyat olib borayotgan barcha – ham davlat, ham nodavlat ommaviy axborot vositalariga har qanday yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildiradi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston axborot bozori sub’ektlarini o‘z faoliyatlarini amalga oshirishda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy amal qilishga chaqirmoqchimiz".

Kiritildi: 10:54 19.06.2019. O'qildi: 8205 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!