Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 29 dekabr kuni mamlakat poytaxti Tehron shahridagi savdogarlar do‘konlarini yopib, namoyishga chiqishdi. Keyinchalik ularga aholining boshqa qatlamlari vakillari ham qo‘shildi va namoyishlar ommaviy tus oldi.
29 dekabr kuni Eron milliy valyutasi qiymati tarixiy eng past darajaga tushib, 1 dollar uchun 1,45 mln rialni tashkil etdi. Inqiroz fonida mamlakat Markaziy banki rahbari iste’foga chiqdi, uning o‘rnini sobiq iqtisodiyot va moliya vaziri Abdulnosir Hemmatiy egalladi.
Dastlab noroziliklar iqtisodiy sabablar bilan boshlangan bo‘lsa, keyinchalik mitinglarda siyosiy shiorlar ham yangray boshladi. Vaziyatga sanksiyalar hamda AQSh va Isroil bilan munosabatlarning keskinlashuvi ta’sir ko‘rsatmoqda.