Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Milliy tibbiyot markazida noyob jarrohlik amaliyoti bajarildi

Milliy tibbiyot markazida noyob jarrohlik amaliyoti bajarildi

Milliy tibbiyot markazida 53 yoshli bemorga aorta yoyi anevrizmasi qatlamlanishini endoprotezlash hamda chap uyqu arteriyasini o‘ng uyqu arteriyasiga shuntlash bo‘yicha ikki murakkab jarrohlik usuli bir vaqtning o‘zida qo‘llanildi.

Ushbu noyob amaliyot davomida bemorning aorta devoridagi zaiflashgan va qatlamlangan qismi maxsus stentograft endoprotezi yordamida qayta tiklandi.

Ma’lumki, aorta yoyi anevrizmasi qatlamlanishi aortaning yorilish xavfini keltirib chiqaradigan og‘ir holatdir. Jarayon davomida kam invaziv yo‘l bilan endoprotez aorta ichiga joylashtirilib, qon oqimi tiklandi va bemorning hayoti xavfsizligi ta’minlandi.

Mazkur murakkab jarrohlik usuli arterial qon aylanishini tiklashga qaratildi. Shuntlash usuli yuqori aniqlikni talab qiladi. Amaliyot davomida qon ta’minoti muammolarini bartaraf etish maqsadida chap uyqu arteriyasi o‘ng uyqu arteriyasiga ulab berildi.

Ushbu noyob operasiya O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib bajarilgani bilan ham ahamiyatlidir.

Kiritildi: 19:22 05.12.2024. O'qildi: 2054 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!