📎 Avvalroq, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini lisenziyalash va akkreditasiyalash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan joriy etilayotgan yangiliklar haqida xabarlar e’lon qilgan edik.
🔸Ularning yakuniysi esa xususiy tibbiyot tashkilotlarini akkreditasiyalash sohasi bilan bog‘liq.
📑 Bu haqda Tibbiyot tashkilotlarini lisenziyalash va akkreditasiyalash markazi Tibbiyot tashkilotlarini akkreditasiyalash boshqarmasi boshlig‘i Mirzamahmud Shadmanov batafsil ma’lumot berdi:
— Avvalambor, markazimiz tibbiyot tashkilotlarini akkreditasiyadan o‘tkazish sohasidagi ekspertlarni sertifikatlashda ishtirok etadi.
📃 Shuningdek, tibbiyot tashkilotlarini akkreditasiyadan o‘tkazish talablari va shartlarini xalqaro standartlar asosida ishlab chiqadi. Bu sohada xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ham o‘z samarasini berishi, shubhasiz.
📊 Natijada xususiy sektordagi tibbiyot tashkilotlarini akkreditasiyalash hisobiga yuqori tibbiy sifat va bemorlar xavfsizligini ta’minlashning asosiy vositasi hisoblangan milliy akkreditasiya tizimi joriy etiladi.
🖇 Sog‘liqni saqlash sohasi kundan kun rivojlanib borayotganini inobatga olib, tibbiyot tashkilotlarini akkreditasiyadan o‘tkazish bo‘yicha tartiblarni doimiy takomillashtirib borish ham ko‘zda tutilgan.
🔹 Akkreditasiyadan o‘tkazilgan tibbiyot tashkilotlari faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini olib boradi.
📌 Milliy akkreditasiyadan o‘tish tibbiyot tashkilotlari uchun xalqaro akkreditasiyagao‘ziga xos tayyorgarlik bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
📑 Tibbiyot tashkilotlari faoliyatining sifati va menejmentini tartibga soluvchi normativ-huquqiy baza ishlab chiqiladi.
✅ Bularning barchasi tibbiyot tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllanishi, xususiy sog‘liqni saqlash tizimi va umuman, tibbiy xizmatlar bozorining rivojlanishiga xizmat qiladi. Asosiysi, fuqarolarning sifatli va xavfsiz tibbiy xizmatlar olish borasidagi manfaatlarini huquqiy himoya qilish tizimi yaratiladi.