Shveysariya millionerlarning aholi sonidagi ulushi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab turibdi. U yerda katta yoshli aholisining qariyb 16,45 foizi bir million AQSh dollaridan ortiq sof aktivlarga ega. Lyuksemburg va Honkong ham boy aholi ulushi yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiradi.
Mutlaq hisobda AQSh millionerlar soni bo‘yicha hamon yetakchilik qilmoqda — 22 milliondan ortiq. Ikkinchi o‘rinda Xitoy (6,3 mln), undan keyin Fransiya (2,9 mln), Yaponiya (2,7 mln) va Germaniya (2,7 mln) bormoqda.
Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika, Janubiy Osiyo va Markaziy Amerikaning ba’zi qismlarida bu ko‘rsatkich eng past, ko‘pincha 0 foizga yaqin.