Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

«Million» jamoasi noyabr oyida 10 kun konsert beradi. keyin esa...

A A A
«Million» jamoasi noyabr oyida 10 kun konsert beradi. keyin esa...

«Xalqlar do‘stligi» saroyida «Million» kulgi jamoasi 1—10 noyabr kunlari yangi konsert dasturini taqdim etadi.

Bu haqda jurnalist Feruz Muhammadga «Million» jamoasi sardori Davron Kabulov ma’lum qildi.

1—10 noyabr kunlari yangi konsert dasturini taqdim etish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Lekin buni hali e’lon qilmay turgan edik. Chunki «Millionavirus» deb nomlangan konsert dasturimiz disklari hali chiqmadi.

«O‘tgan konsertning diski chiqmasdan, yangi konsertingizni e’lon qilyapsizmi?», deyishmasin dedik. Lekin «Millionavirus» diski ham deyarli tayyor. Xudo xohlasa, 5—10 oktyabr oralig‘ida muxlislarga taqdim etamiz.

Bundan tashqari, 26 noyabrdan 2 dekabrgacha qoldirilgan «7 yulduz» konsert dasturini ham taqdim etamiz: deydi «Million» jamoasi sardori, shoumen Davron Kabulov.

Ma’lumot uchun, «7 yulduz» shou konsertida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov, Rayhon G‘aniyeva, xonandalar Munisa Rizayeva, Shohruhxon, Shohruh reper kabi xonandalarning chiqishi ma’lum qilingan bo‘lib, qolgan ikki san’atkorning kimligi sirligicha qolgan edi. Davron Kabulov «Million»ning o‘tgan yilgi qoldirilgan konserti va «7 yulduz»ning qoldirilishi oqibatida 500 million so‘mdan ortiq zarar ko‘rgani haqida gapirgan edi.

Kiritildi: 23:20 29.09.2021. O'qildi: 9826 marta. Fikrlar soni: 6 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!