Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Milliarder Ilon Mask AQSh uchun radikal tejash rejasini taqdim etdi

Milliarder Ilon Mask AQSh uchun radikal tejash rejasini taqdim etdi

Ilon Mask biznesmen Vivek Ramasvami bilan birgalikda xarajatlarni kamaytirish va byurokratiyaga qarshi kurashishga qaratilgan AQSh federal apparatini isloh qilish rejasini taqdim etdi. «Wall Street Journal» gazetasi uchun e’lon qilingan maqolada ular Qo‘shma Shtatlardagi joriy moliyaviy siyosat demokratiyaga «ekzistensial xavf» tug‘dirayotganini aytib, qat’iy choralar ko‘rishga chaqirdi.

Ularning rejasining asosiy elementlariga davlat xizmatchilari sonini qisqartirish, subsidiyalarni qisqartirish va amaldagi qonunlarni qayta ko‘rib chiqish kiradi. Maskning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab federal qoidalar Kongress tomonidan berilgan vakolatlardan oshib ketadi va bekor qilinishi kerak, bu esa fuqarolar va biznesning hayotini osonlashtiradi.

Mask va Ramasvami jamoasi, shuningdek, bekor qilingan qonunlar soniga mutanosib ravishda federal xodimlar sonini kamaytirish niyatida. Ular sobiq xodimlarning xususiy sektorda ishlashga o‘tishiga yordam berishini ta’kidladilar.

«Ular hurmat bilan munosabatda bo‘lishga loyiq», deyiladi maqolada.


Tadbirkorlar o‘z takliflari doirasida davlat ommaviy axborot vositalari, xalqaro va nodavlat notijorat tashkilotlarini moliyalashtirishni qisqartirishni rejalashtirmoqda. Vashington siyosiy doiralari tomonidan kutilgan qarshilikka qaramay, Mask va Ramasvami o‘z tashabbusi muvaffaqiyatiga ishonchi komil.

Avvalroq Prezident Donald Tramp ularni hukumat samaradorligi tashqi departamenti rahbarlari etib tayinlagan edi: ishbilarmonlar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha 2026 yilda AQSh Mustaqillik deklarasiyasining 250 yilligiga qadar yakunlanishi kerak.

Kiritildi: 23:34 21.11.2024. O'qildi: 353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!