Chet el matbuotida Fattoh Shodiyevning qizi – Nafisaning nikoh to‘yi keng muhokama qilinmoqda. Qozog‘iston va Rossiya nashrlarining xisob-kitoblariga ko‘ra, marosim uchun bir necha million dollar sarflangan. Bu haqda «Novosti Uzbekistana» nashri ma’lum qildi.
Nikoh to‘yi Barvixa Luxury Village xashamatli san’at saroyida bo‘lib o‘tgan. Muassasa rasmiy saytidagi ma’lumotga ko‘ra, 50 kishilik marosim narhi o‘rtacha 1 mln dollarni tashkil etadi. Marosimni olib borish uchun eng ko‘p haq to‘lanadigan boshlovchilardan bo‘lgan Maksim Galkin taklif etilgan. Bir necha OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Galkin xizmati 100 ming dollarga tushgan.
Nashriyotlarning yozishicha, qimmat boshlovchidan tashqari milliarder qizining to‘yida o‘zbek va rus shou-biznesining eng ko‘zga ko‘ringan vakillari, shuningdek xorijiy yulduzlar ham ishtirok etishgan.
Bugundi kunda Nafisa Shodiyeva va uning turmush o‘rtogi Iskardarning nikoh to‘yi fotosuratlari buguni kunda ko‘plab ommabop Instagram saxifalarida chop etildi. Nafisa Shodiyevaning o‘zi ham suratlarning bir qismini o‘z sahifasida joylagan.
Ma’lumot uchun, 65 yoshli Fattoh Qayumovich Shodiyev – qozog‘istonlik milliarder, Belgiya fuqarosi bo‘lib, asli O‘zbekistonning Jizzax viloyatida tug‘ilgan, millati – o‘zbek. U «Eurasian National Resources Corporation» kompaniyasi egalaridan biri bo‘lib, boyligi 3,7 milliard dollarni tashkil etadi. Forbes jurnali ma’lumotiga ko‘ra, dunyo milliarderlari ro‘yxatida 297 o‘rinda bo‘lib, Belgiyaning eng boy odami hisoblanadi. Shuningdek, Shodiyevlar xalqaro fondining asoschisidir.