Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Migrasiya agentligi Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi

Migrasiya agentligi Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi

Migrasiya agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini noqulay ob-havodan ogohlantirdi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi kunlarda Qozog‘iston hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Shuningdek, yaqin haftalar davomida joylarda tuman, kuchli yomg‘ir hamda yo‘llarda muzlash holatlari respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin.

«Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, ishonchli va xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘raymiz», — deyiladi agentlik xabarida.

Kiritildi: 10:45 27.10.2024. O'qildi: 619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!